02 mar 13:17
Yangiliklar
Tennis
ITF Rossiya va Belarus terma jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlatdi
Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) Rossiya va Belarus terma jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlashtirishga qaror qildi.
Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, gap jamoaviy turnirlar haqida ketmoqda, rossiyalik sportchilar individual turnirlarda qatnashishda davom etishlari mumkin.
"ITF Rossiya harbiylarining Ukrainadagi maxsus operaciyasini hamda Belarus tomonidan amalga oshirilgan yordamni qoralaydi. Bu mamlakatlardagi barcha ITF tadbirlarini bekor qilishdan tashqari, federaciya ularning ITF kengashidagi azoligini to'xtatib turish va jamoaviy musobaqalarda qatnashishni taqiqlashga qaror qildi. ITF Ukraina tennis federaciyasi bilan yaqin aloqada bo'lib, Ukraina xalqiga hamdardlik bildiradi”, — deyiladi federaciya bayonotida.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar