06 avg 14:51
Yangiliklar
Tennis
Asosiy to'rga saralash turniri orqali etib kelgan tennischimiz reytingda o'zidan 530 pog'ona yuqoridagi raqibasini "sochib" tashladi
Germaniyaning Leypcig shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ITF W75 toifasiga kiruvchi turnirda nimchorak final ishtirokchilari malum bo'ldi.
O'zbekistonning to'rtinchi raketkasi Layma Vladson ushbu musobaqaning saralash bosqich hal qiluvchi uchrashuvida ukrainalik Anastasiya Firmanni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etib, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi.
Etiborlisi, vakilamiz asosiy to'rning 69 daqiqa davom etgan ilk davra bahsida musobaqaning beshinchi raketkasi, germaniyalik Yoxanna Brokmann ustidan osonlik bilan g'alabaga erishdi - 6/2, 6/1.
Taqqoslash uchun, Vladson ayni paytda WTA reytingida 795, Brokmann 265-o'rinni egallab turibdi. Ayni mana shu daqiqalarda Layma 1/8 finalda estoniyalik Elena Maliginaga qarshi kortga chiqqan. 26 yoshli Maligina dunyoning 317-raketkasi bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar