07 avg 16:53
Yangiliklar
Tennis
Asosiy to'rga saralash turniri orqali etib kelgan tennischimizning ertagi 1/4 finalda yakunlandi
Germaniyaning Leypcig shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ITF W75 toifasiga kiruvchi turnirda chorak final ishtirokchilari malum bo'lmoqda.
O'zbekistonning to'rtinchi raketkasi Layma Vladson ushbu musobaqaning saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab asosiy to'rga etib kelgandi. Vakilamiz 1/16 finalda musobaqaning beshinchi raketkasi, germaniyalik Yoxanna Brokmannni 6/2, 6/1, 1/8 finalda dunyoning 317-raketkasi, estoniyalik Elena Maliginani 6/3, 2/6, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Biroz avval yakuniga etgan 1/4 final bahsida esa oxir-oqibat tajriba o'z so'zini aytdi. Layma WTA reytingida 507-pog'onada borayotgan chexiyalik Aneta Labutkovaga 3/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadashi ishtirokini yakunladi. Vladson ayni paytda WTA reytingida 795-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar