07 avg 08:03
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladsonning Germaniyadagi sarguzashtlari davom etyapti! Hamyurtimiz bu safar o'zidan qariyb 400 pog'ona balanddagi tennischini mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, Leypcig shahrida (Germaniya) tennis bo'yicha TF W75 toifasiga kiruvchi turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqada O'zbekiston vakilasi Layma Vladson o'zining navbatdagi o'yinini o'tkazdi. Unga nimchorak final bosqichi doirasida estoniyalik Elena Maligina raqiblik qildi. 2 soat, 15 daqiqa kechgan murosasiz bellashuvda 18 yashar Layma 6/3, 2/6, 6/2 hisobida zafar quchdi. Uning keyingi raqibi nomi endi malum bo'ladi.
Malumot uchun, Vladson hozirda dunyo reytingida 795, 26 yoshli Maligina esa 317-raketkasi bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar