04 apr 09:37
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin 1/2 final uchrashuvini o'tkazdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin Xitoyning Maanshan shahrida davom etayotgan ITF M25 turniridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz biroz avval yakuniga etgan 1/2 final uchrashuvida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. U reytingda 621-pog'onada borayotgan Xitoy Taypeyi vakili Li Kuan-Yiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda Li 6/4, 7/6(2) hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Kuan-Yi kecha 1/4 finalda turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Iliya Simakindan 6/4, 4/6, 7/6(6) hisobida ustun kelgandi. Hozirda Sergey Fomin ATP reytingida 336-o'rinni egallab turibdi. U Maanshan turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar