11 iyu 18:26
Yangiliklar
Tennis
ITF yana bir yarim million dollar ajratdi, uch tennischimizga ham "ulush" tegadi
Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) reytingi past tennischilarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi.
Bu safar tashkilot koronavirus pandemiyasi sabab qiyinchilikka duch kelgan tennischilarga yana qo'shimcha 1,494 million dollar moliyaviy yordam ajratdi.
Ushbu moliyaviy yordam yakkalikda 501-700 o'rinlar, juftlikda esa 176-300 o'rinlarni egallab turgan tennischilarga taqdim etiladi.
Etiborlisi, o'zbekistonlik tennischilardan Jo'rabek Karimov (587) va Sergey Fomin (623), Nigina Abduraimova (529) ham moliyaviy ko'mmaka ilinishgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar