So’nggi yangiliklar

12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0

23 jan 09:26
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ivan Popov nega O'zbekiston safiga o'ta olmaganini aytdi

Rossiyalik figurali uchuvchi Ivan Popov O'zbekiston safiga o'tish atrofidagi voqealarni eslab o'tdi.

"Balki, qandaydir umidsizlik bo'lgandir. Bizni bunga nima undaganini ham bilmayman. Hozirgi global vaziyatni hisobga olgan holda, rossiyaliklar uchun biron bir xalqaro musobaqada qatnashishga umid qilish qiyin. Biz buni sinab ko'rishga qaror qilgandik, ammo o'xshamadi.

Men hech qachon sport fuqaroligimni o'zgartirishni maqsad qilmaganman va har doim mamlakatim nomidan bellashishni xohlaganman. Ammo malum bir paytda, vaziyatlar faoliyatimni davom ettirish va xalqaro miqyosda musobaqalashish imkoniyatiga ega bo'lish uchun qiyin qaror qabul qilishga majbur etdi. O'zbekiston tomonidan jiddiy qiziqish bildirildi, mening sport maqsadlarimga mos keladigan aniq shartlar taklif qilindi. Bunday vaziyatda bu zarur qadam edi.

Rad etilishim sababi - men butun mavsum davomida Rossiya musobaqalarida qatnashganim va yaxshi natijalar ko'rsatganim edi. SHuning uchun ular menga ruxsat berishmadi. Avvaliga biz xotirjam munosabatda bo'ldik: bizda tayyorgarlik ko'rish, kuchli dasturlar yaratish, ular ustida ishlash, ultra-C elementlarini qo'shish va barchasini bajarish uchun vaqt bo'ladi, deb o'ylagandik. Ammo vaqt o'tishi bilan bu psixologik jihatdan qiyinlashdi, chunki biz mashq qilishimiz kerak edi. Albatta, eng yaxshi scenariy, agar mening O'zbekiston safida Pekindagi licenzion turnirga borganimda bo'lar edi. Hamma narsa qishki Olimpiada uchun qilinayotgan edi. O'sha mavsum oxirida biz yangi dasturlar yaratishni boshladik. Keyin tatil bo'ldi va men bir hafta oldin ketdim. Keyin yozgi shoular... va bizning guruhimiz Sochida o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'ldi. Tatilga chiqqanimdan atigi bir oy o'tgach, men yana muzga qaytdim.

O'shanda biz dasturlar ustida ishlay boshladik: qo'l harakatlari ustida ishlash, qo'shimcha elementlar qo'shish va ularni asta-sekin konkida sinash. Rad etilgandan so'ng, biz bir yil davomida karantinda bo'lishni rejalashtirgan edik. Endi karantin yo'q deyish mumkin. CHunki men O'zbekiston fuqaroligidan voz kechdim. Men O'zbekiston pasportini oldim - va tamom. Keyin murabbiyim bilan kichik mojaroga duch keldim va men Irina Aleksandrovna [Smirnova] bo'lmasa, bu menga kerak emas, degan qarorga keldim", deydi Popov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing