So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

23 jan 12:44
Yangiliklar

Futbol

"Jahon chempionati endi faqat Evropa va Janubiy Amerika uchun emas" - Arsen Venger

Teglar :  Arsen Venger
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Jahon chempionatining 48 jamoaga kengaytirilishi haqida fikr bildirdi.

"Milliy terma jamoa safida o'ynash — bu alohida his. Bir tomondan, sen o'z mamlakatingning iftixorini himoya qilasan, boshqa tomondan esa ulkan bosimni his qilasan: mag'lub bo'lish, muxlislarni xafa qilish yoki kutilgan darajada o'ynay olmaslik qo'rquvi.

Butun bir millat oldida javobgarlikni o'z zimmasiga olish katta psixologik kuch talab qiladi. Kuchli terma jamoalarga ana shunday bosimga chiday oladigan va yangi avlodni ifoda etadigan futbolchilar kerak.

Uzoq yillar davomida Jahon chempionati asosan Evropa va Janubiy Amerikaga yo'naltirilgan musobaqa bo'lib keldi. Uni ko'proq mamlakatlar, ayniqsa Afrika va Osiyo uchun ochish zarur edi. Futbol global sportga aylandi: odamlar qaerga bormasin, futbol haqida gapiradi. Agar kelajakka nazar tashlasak, yuz yildan keyin har bir insonda hech bo'lmasa Jahon chempionatida g'alaba qozonish orzusi bo'lishi kerak. 32 jamoadan 48 jamoaga o'tish shu yo'lda muhim qadam bo'ldi.

Jahon chempionatining ilk ikki haftasi doimo eng go'zal palladir: bu erda butun dunyo jamlanadi, har kim o'z mamlakatini ifoda etayotganidan faxrlanadi va ayni paytda yagona birlik hissi paydo bo'ladi. Bu — umumiy bayram.

104 ta o'yindan iborat va yanada uzun yo'lga ega bo'lgan Jahon chempionati ruhiy jihatdan katta sinov bo'ladi. G'alaba jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi: murabbiylar shtabi va mutaxassislar jamoaning birdamligi hamda motivaciyasini haftalar davomida saqlab turishiga to'g'ri keladi. Pley-off bosqichlarida penaltilar deyarli muqarrar bo'ladi va bu erda ham psixologik omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi", — dedi Venger Davosda bo'lib o'tgan Jahon iqtisodiy forumida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing