11 sen 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempioni bo'lgan SHahram G'iyosov va uning murabbiyiga avtomobil sovg'a qilindi
Xabaringiz bor, bokschimiz SHahram G'iyosov Germaniyadagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Jahon chempioniga aylangan bokschimiz SHahram va uning murabbiyi Ravshan Xojaevga Buxoro viloyati hokimligi tomonidan "Jentra" avtomobili sovg'a qilindi.
"Viloyat hokimligiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Katta rahmat. Xudo xohlasa bundanda yaxshi natijalarni ko'rsatamiz. Vatanimizga ko'z tegmasin", - deya xabar qoldirgan bokschi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/giyasovshaxram
Fikrlar