15 okt 08:59
Yangiliklar
Jalolov ringga chiqadigan oqshomda 121 ta mag'lubiyati bor bokschi jang qiladi
Britaniyaliklar Deniel Dyubua va Fabio Uordli superog'ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun ikkinchi bor o'zaro to'qnash kelishadi. Hamyurtimiz Bahodir Jalolov esa britaniyalik Solomon Dakrsga qarshi jang o'tkazadi.
Keng ko'lamli anderkard ishtirokchilaridan biri Jeyk Pollard bo'ladi. Qizig'i, uning hisobida 121 ta mag'lubiyat, 1 ta durang va atigi 1 ta g'alaba bor. Pollard shu kuni debyutant Menni Safari bilan kuch sinashadi.
Dastlabki janglarda yana uch nafar etiborga molik "rekord" sohiblari — Yensen Irvin (6-40), Keysi Brednem (1-50) va Leonardo Bayes (5-21) ringga chiqadi. Ularning barchasi hali mag'lubiyatga uchramagan, lekin prof ring debyutantlari to'qnash keladi. Irvin prof faoliyati davomida 40, Brednem 50, Bayes esa 21 ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan "meshoklar" hisoblanadi.

Fikrlar