29 avg 08:09
Yangiliklar
Tennis
Jami 119 ta sovrin yutgan, 506 hafta reyting peshqadami bo'lgan egizak Brayanlar faoliyatini yakunladi
Amerikalik aka-uka tennischilar - Bob va Mayk Brayan professional faoliyatlarini yakunlaganliklarini elon qilishdi.
42 yoshli egizaklar 22 yillik professional faoliyatlari davomida juftlik turnirlarida jami 119 ta sovrinni qo'lga kiritishdi. Ular 1100 dan ziyod uchrashuvlarda g'alaba qozonishdi.
SHuningdek, Olimpiada chempioni bo'lishdi. Bob jami 23 ta "Katta Dubulg'a" turnirlarida zafar quchdi. SHundan 16 tasi juftlikda, 7 tasi mikst, yani aralash juftlikda bosh mukofotga ega chiqdi. Mayk esa 22 ta (18 ta juftlik, 4 ta mikst) "Katta Dubulg'a" turnirlarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. .
Bundan tashqari, Mayk Brayan 123 ta juftlik turnirlarida chempion bo'lib, rekord sohibiga aylandi. Juftlik reytingida 506 hafta davomida peshqadamlik qildi. Bu ham jahon rekordi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar