30 may 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Janjal davom etadi: Uayt Jon Jonsga yolg'on detektoridan o'tishni taklif qildi
UFC prezidenti Dana Uayt va Jon Jons o'rtasidagi "virtual janjal" davom etadi.
"Jonsning men yolg'on gapirayotganim haqidagi gaplari g'alati bo'ldi. Menda uning matnli xabarlari turibdi. Bu isbotsiz narsa emas. Ammo ularni ommaga ko'rsatib o'tirmoqchi emasman.
Agar Jon Jons ikkimizdan qay birimiz aldayotganimizni aniqlamoqchi bo'lsa, biz yolg'on detektori bo'yicha test topshirishimiz mumkin. U qolganlardan ko'ra ko'p pul topadi. U buyuk jangchi, menga yoqadi, bunga shubha yo'q. Ammo u yuristimga huddi Uaylder so'nggi jangida olganidek gonorar olishni istayotganini aytgan. O'shanda Uaylderga 30 million dollar to'lashgandi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar