So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

25 jan 10:45
Yangiliklar

Futbol

Janubiy Koreya davlati prezidenti SHavkat Mirziyoevni tabrikladi

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 24 yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun CHje In bilan telefon orqali muloqot qildi", - deya xabar bermoqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

"Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Prezident Mun CHje Inni tug'ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi do'stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qo'shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

2017 yilning noyabr oyida Seul shahrida bo'lib o'tgan tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko'p qirrali o'zaro aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda ikki tomonlama munosabatlarga aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Prezident Mun CHje In Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O'zbekiston Prezidenti timsolida O'zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy do'st, maslakdosh va hamfikrga ega bo'lganini alohida takidladi.

Koreya Respublikasi rahbari, shuningdek, Prezident SHavkat Mirziyoevning zamonaviy O'zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini yuksak baholadi. O'zbekiston va Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan islohotlar va o'zgarishlarning yangi bosqichi muhim vazifalari va ustuvor maqsadlariga ko'ra mushtarak ekani qayd etildi.

Muloqotda ikki mamlakat rahbarlari O'zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashdi.

Janubiy Koreyaning ilg'or tajribasi, ilm-fan yutuqlari va texnologiyalarini O'zbekistonda sanoat va infratuzilmani modernizaciya qilish, ijtimoiy sektorni rivojlantirishga faol jalb qilishga alohida etibor qaratildi.

Koreya Respublikasi Prezidenti ko'p millatli O'zbekiston xalqini shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoamiz ko'rsatayotgan ajoyib o'yin va jamoamiz musobaqa finaliga chiqqani bilan samimiy qutladi.

O'z navbatida, O'zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqiga Pxyonchxanda tashkil etiladigan va jahon sporti tarixiga kiradigan, haqiqiy do'stlik va o'zaro anglashuv bayramiga aylanadigan qishki Olimpiya o'yinlari muvaffaqiyatli o'tishini chin dildan tiladi.

Muloqot so'ngida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o'rtasidagi ko'p asrlik do'stlik rishtalari va ananaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladilar", - deyiladi xabarda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing