23 iyu 18:18
Yangiliklar
Boshqalar
Janubiy Koreya Olimpiadani SHimoliy Koreya bilan birga o'tkazmoqchimi?
2018 yilda bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlari KXDR hududida ham o'tkazilishi mumkin.
Bu haqida Janubiy Koreya sport vaziri To CHjon Xvan aytib o'tdi.
"Biz KXDRga Olimpiada-2018 o'yinlarini o'z hududida o'tkazishni taklif qilmoqchimiz. Umid qilamizki, bu tomonlar o'rtasidagi siyosiy tanglikni yumshashiga xizmat qilishi mumkin. Masalan, tog' chang'isi bo'yicha bahslarni KXDRdagi Masikren markazida o'tkazsa bo'ladi.
SHuningdek, biz xokkey bo'yicha ayollar terma jamoasini birlashtirishni ham taklif qilamiz", - deydi u.
Eslatib o'tamiz, qishki Olimpiada 2018 yilning fevral oyida Janubiy Koreyaning Pxenchan shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : The Guardian
Fikrlar