11 may 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Konor? Yo'q, menga Xabib kerak. AQSH Dog'istonga qarshi!
Engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi emas.
Amerikalik chempionga Konor bilan jangga taklif qilinadigan har qanday astronomik summa ham qiziq emas. Uni faqat haqiqiy chempion Xabib Nurmagomedov qiziqtirmoqda.
"Konor? Yo'q. Men hayotimdagi eng katta chaqiruv bilan to'qnash kelmoqchiman. Menga Xabib Nurmagomedov kerak. AQSH Dog'istonga qarshi! Keyin esa Irlandiyaga boraman", - dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, kecha tongda Jastin Getji hamyurti Toni Fergyusonni beshinchi raundda texnik nokautga uchratib, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar