18 iyu 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Makgregorni nokautga uchrata olaman
Engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji jang amalga oshgan taqdirda Konor Makgregorni nokautga uchrata olishini malum qildi.
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni yaqinda faoliyatini uchinchi bor yakunlaganini elon qilgandi.
"Masofani saqlash istalgan jangda g'alaba faktori hisoblanadi. Ayniqsa, dastlabki 30 soniyada bu juda ham muhim. Ko'pchilik bu narsaga ahamiyat bermaydi. Mening asosiy qurollarimdan biri aynan masofani saqlashdir.
Raqib birinchi bo'lib hujumga tashlangan paytda oyoq zarbalarim bilan uni masofada ushlayman. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, men Konorni jangimiz amalga oshgan taqdirda nokautga uchrata olaman. U uzog'i uch raund turib bera oladi. Undan keyin esa u uchun haqiqiy do'zax boshlanadi", - dedi Getji.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar