10 may 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Xabib dunyoning eng kuchli jangchisi...
Bugun engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Jastin Getji keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Amerikalik sportchi bugun o'ziga xos derbida Toni Fergyusonni mag'lubiyatga uchratib, to'laqonli UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning kamariga rasmiy davogarga aylangan edi.
"Xabib dunyoning eng kuchli jangchisi. Uning professional rekordi 28 ta jangda 28 g'alaba. Hamisha shunday kuchli jangchidan "vyzov" kutganman. Men AQSH fuqarosi sifatida dog'istonlik bu yigitga qarshi jang qilishdan xursand bo'laman. Hozir boshqa raqib haqida o'ylamayman. Faqat Xabib", - dedi Getji.
Havola :
Fikrlar