21 may 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Xabib hozir jang haqida o'ylaydigan holatda emas
Vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji to'laqonli chempion Xabib Nurmagomedov bilan jang haqida yana bir bor fikr bildirdi.
"O'ylashimcha, biz avgust yoki sentyabrda jang o'tkazamiz. Ayni paytda o'zimni Xabibning o'rnida hatto tasavvur qilishni istamayman. Bizning jangimiz hozirda Xabib o'ylayotgan narsalar orasida eng so'nggisi. Vaqt o'tsin va biz hammasini hal qilamiz. Men bu jangni mehnatim evaziga qo'lga kiritdim. Boshqa jang haqida o'ylayotganim ham yo'q", — deya Getjining so'zlarini keltirmoqda Daiky Mail.
Havola :
Fikrlar