23 apr 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Xabibni hurmat qilmay qo'yaman, agar u...
Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji amaldagi chempion Xabib Nurmagomedov bilan ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi.
Xabarigiz bor, Getjining navbatdagi raqibi amerikalik Toni Fergyuson bo'ladi. Bu jang 9 may kuni bo'lib o'tishi kerak. Fergyuson - Getji jangi g'olibini aynan Nurmagomedov kutib turibdi. Jastin Tonini mag'lub eta olishiga ishonmoqda.
"CHempionlik kamarini qo'lga kiritganimdan so'ng meni to'xtatib bo'lmaydi. Xabib bilan uchrashishim uchun Fergyusonni mag'lub etishim shart. Bu kun albatta keladi. Men engil vazn toifasining eng kuchli jangchisi bo'lishni maqsad qilganman. Nurmagomedov meni "tamom" qilishi uchun bor kuchini sarflasin. Aks holda uni hurmat qilmay qo'yaman", - deya Getjining so'zlarini keltirmoqda MMA Mania.
Havola :
Fikrlar
Sababi Habib chalig chidamli chinniqqan emassan