16 iyu 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Xabibni mag'lub etsam, Makgregor o'z oyog'i bilan qaytadi
Engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji Konor Makgregorning qaytishiga ishonmoqda.
Amerikalikning aytishicha, irlandiyalik sportchining o'zi oktagonga qaytadi.
"O'ylashimcha, Makgregor yana jang o'tkazadi. U Xabib bilan jangim qanday natija bilan yakunlanishini kutadi. Agar men Nurmagomedovni mag'lub etsam, u albatta qaytadi. Mabodo, Xabib g'alaba qozonsa, u holda qaytmasa kerak.
Nima bo'lgan taqdirda ham u - afsona! Undan bu maqomni tortib ololmaysiz. Konor bir jangchi orzusidagi barcha muvaffaqiyatga erishib bo'lgan. Uning qarshisida shlyapamni echaman. Lekin shu bilan birga yuziga tarsaki tushirishimni ham orziqib kutaman", — dedi Getji ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar