03 apr 16:33
Yangiliklar
Taekvondo
Jasur Jaysunov "Katta Dubulg'a" turniri g'olibi, Osipovada bronza
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha "Katta Dubulg'a" musobaqasi o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo'lga kiritdi.
-80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov turnir g'olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi. Qayd etish joiz, ushbu turnir licenzion xarakterga ega bo'lib, dekabr oyida o'tadigan yana bir "Katta Dubulg'a" musobaqasi yakuniga ko'ra, Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining dastlabki licenziatlari aniqlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar