24 mar 12:55
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashidagi raqibimiz Gonkong Toshkentga etib keldi va ilk mashg'ulotini o'tkazdi FOTOREPORTAJ
Mehmonlar tarkibida bir qator yo'qotishlar bor.
Gonkong terma jamoasi jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushish uchun bugun Janubiy Koreya orqali O'zbekistonga uchib kelib, tayyorgarlikni boshladi.
Avvalroq xabar berganimizdek, tarkibda bir qator yo'qotishlar mavjud. O'zbekistonga qarshi 3-turda harakat qilgan uch nafar futbolchi safarga chiqmagan.
Gonkong O'zbekistonga braziliyalik o'yinchilarsiz tashrif buyuradi
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.
Havola :
Fikrlar