So’nggi yangiliklar

11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0

28 iyu 17:59
Yangiliklar

Velosport

JCHda delegaciyamiz o'z tarixida eng ko'p sportchi bilan qatnishishi mumkin

Teglar :  VelosportVeloshosse
Joriy yilning 20-27 sentyabr kunlari SHveycariyaning Egle-Martini shaharlari oralig'ida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan.

Koronavirus pandemiyasi sabab bir qator musobaqalar bekor qilinayotgan bir paytda, UCI jahon turnelarini avgust-noyabr oylarida o'tkazishga qaror qildi. SHu jumladan, tashkilotchilar mazkur oraliqda o'tishi belgilangan JCHning o'z vaqtida bo'lib o'tishini elon qilindi.

Mutaxassisilar ushbu vaqtga kelib, mazkur hududlarning bir muncha xavfsiz bo'lishini taxmin qilishmoqda. Velosport bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etishning ham o'ziga yarasha talablari mavjud bo'lib, bunda terma jamoalarning so'nggi qita chempionatlaridagi natijalarga qarab ochkolar taqsimlanadi.

 Egallangan o'rinlar bo'yicha esa JCH uchun kvotalar ajratiladi. 2020 yil mart oyida Malayziya veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatini qabul qilishi kerak edi, biroq koronavirus sabab mazkur musobaqa butunlay bekor qilindi. SHundan so'ng tashkilotchilar 2020 yilgi JCH uchun 2019 yilgi Osiyo chempionati natijalariga qarab kvotalar taqsimlanishini bildirishdi. 

2019 yil veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati Toshkent mezbonligida o'tgan edi va mazkur qita chempionatida rayderlarimiz reglamentdagi deyarli barcha yo'nalishlarda ishtirok etib, qimmatli ochkolarni jamg'arishgan. 

Bu esa yaqinlashib kelayotgan dunyo birinchiligida velosportchilarimizga nazariy jihatdan o'smirlar (U-18), yoshlar (U-23) va kattalar (Elite) o'rtasida ham yakkalik, ham jamoaviy poygalarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim qiladi. Bunda delegaciyamiz jami 11 ta kvotaga ega bo'lib, bu JCHlariga qo'lga kiritgan eng ko'p yo'llanmamiz bo'ladi.

Demak, bo'lajak jahon chempionatida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etishi mumkin:

Women elite:
O.Zabelinskaya
E.Knebeleva
D.Adelshinova
R.Baymetova
Zaxira: YA.Kuskova

Men elite:
M.Xolmuratov
U.Saidov

Men U19-23:
D.Siddiqov
Zaxira: D.Evdakimov

Women junior:
M.Misyurina
S.Karimova

Men junior:
B.Raximboev
D.Bocharov
Zaxira: K.Mirzaraximov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing