30 okt 17:11
Yangiliklar
Tennis
Jek Dreyper qatorasiga oltinchi g'alabasini tantana qildi
Dunyoning 15-raketkasi bo'lib turgan Jek Dreyper Parij "Masters" turnirida muvaffaqiyatli start oldi.
Britaniyalik tennischi ilk davrada ATP reytingida 30-o'rinni egallab turgan chexiyalik Irji Lexechkani 7/5, 6/2 hisobida taslim etdi. Jek bu g'alabasi bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1.
Sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Dreyper 6, Lexechka 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonida - 3 ga 0! Dreyper qatorasiga oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning navbatdagi raqibi amerikalik Teylor Fritc bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar