02 dek 19:28
Yangiliklar

Jessika Andrade: "Mening uslubim SHevchenkoga haqiqiy bosh og'riq bo'ladi"
UFCning sobiq chempioni Jessika Andrade UFC prezidenti Dana Uaytning SHevchenkoga aynan Andrade raqobat tug'dirishi mumkin degan fikriga munosabat bildirdi.
"Men yanvar yoki fevral oylarida Vegasga boraman va u erda ingliz tilini o'rganaman. Bu davr mening hayotim va faoliyatimdagi muhim bosqich bo'ladi.
SHevchenko bilan jangimiz mart yoki aprel oylarida o'tkazilishi mumkin.
Men Dananing fikrlaridan juda mamnun bo'ldim. O'ylashimcha uning gaplari haqiqat. Men rostan ham SHevchenko uchun muammo bo'laman. Albatta, SHevchenkoga hurmatim baland. Ammo, mening uslubim unga haqiqiy bosh og'riq bo'ladi", - deydi Jessika Andrade.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar