So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

08 okt 19:54
Yangiliklar

Boks/MMA

CHempion Silva SHevchenkoga navbatga turishni taklif qildi

UFC`ning ayollar o'rtasidagi engil vazn toifasidagi yangi chempioni Nataliya Silva yaqinda jarohati sababli chempionlik kamaridan voz kechgan sobiq chempion Valentina SHevchenkoning tabrigiga kinoya bilan javob qaytardi.

38 yoshli SHevchenko 28 yoshli Silvani 4 oktyabr kuni Van Cun ustidan qozongan g'alabasi va vakant qolgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgani bilan darhol tabrikladi. "...lekin bo'shashma va kamarni asra, tez orada men uning ortidan kelaman", — deb yozdi SHevchenko ijtimoiy tarmoqlarda.

"Avvalo, uning jangni ko'rishga vaqt topgani yoqimli, to'g'rimi? Qolaversa, divizionda nimalar bo'layotganini kuzatishga ham vaqti bor ekan. Birinchidan, u darhol xatoga yo'l qo'ydi: bu endi uning kamari emas, bu meniki. Men uni qo'lga kiritdim", — dedi Silva MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, braziliyalik chempion SHevchenkoning qaytishi va uning boshqa davogarlardan oldin jang qilish huquqiga ega ekanligi haqidagi fikrlarini pasaytirishga urindi.

"Rostini aytsam, Valentina endi men uchun muhim emas, — dedi Silva. — Uning kamari bo'lganida men u bilan jang qilishni xohlagandim. Hozir esa u mening raqibim bo'ladimi yoki boshqa birovmi, farqi yo'q. Menga umuman Valentina haqida o'ylashning keragi yo'q. Agar u qaytganida jang qilishni xohlasa, biz reyting va navbatga qarashimiz kerak bo'ladi, chunki yaxshi natijalar ko'rsatayotgan va jang qilishga loyiq qizlar bor".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing