09 mar 11:34
Yangiliklar
Jizzaxda OAVlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashdi
Xususan, ayollar o'rtasida o'tkazib kelinayotgan sport musobaqalar yil sayin ommalashib bormoqda.
Jizzax viloyat tennis kortida o'tkazilgan ana shunday musobaqalardan biri 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlanib “Sport-salomatlik va go'zallik“ shiori ostida ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o'rtasida voleybol, shaxmat, shashka va sportning darts turi bo'yicha o'zaro bellashdi.
Jamoalar o'rtasidagi bellashuvda voleybol bo'yicha g'oliblik Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi jamoasiga nasib etdi. SHaxmat bellashuvida esa teleradiokompaniya xodimi Dilfuza Murodova va O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollaridan Saida Umaralieva barchadan ustun ekanligini namoyon qildi. “Jizzax haqiqati” - “Djizakskaya pravda“ gazetalari xodimlari – Dilorom Egamqulova darts, Gulnoza Ibrohimova va Iroda Mamatqulova esa shashka bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Musobaqa g'olibi va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar