21 may 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Joys Joshua va Povetkinni ringga chorladi
Superog'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik bokschi Jo Joys katta janglarda ishtirok etish istagini bildirdi.
Joys kuni kecha Aleksandr Ustinovni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Aynan ushbu g'alaba sabab u o'zini katta janglarga tayyor deb hisoblamoqda. Jo avvalroq Maykl Xanterni ham katta ustunlik bilan mag'lub etgan edi.
Etiborlisi, Xanter WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshuaga qarshi ringga chiqadi. Joys 13 iyul kuniga belgilangan jangida kamida rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan jang qilmoqchi. Joshua esa oliy maqsadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar