So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

19 avg 12:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Jo Rogan Maxachevga Yen Gerri bilan bo'lgan jangdan so'ng maslahat berdi

Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo'lsa-da, jangda jiddiy jarohatlar oldi.

SHu bois sharhlovchi Jo Rogan rossiyalik jangchining ushbu vazn toifasidagi kelajakdagi muvaffaqiyatiga shubha bilan qaramoqda.

"U qilishi kerak bo'lgan ishni qildi, lekin uni avval hech qachon bo'lmaganidek sinovdan o'tkazishdi. Bu og'ir jang bo'ldi. Garchi u etarlicha ishonchli ustunlik bilan g'alaba qozongan bo'lsa-da, biz Islamni malum bir darajadagi nazorat va ustunlikni namoyish etishiga o'rganib qolganmiz. Bu erda esa, o'zidan yirikroq yigitga qarshi kurashda bu narsa etishmayotgandek tuyuldi.

Uning yarim o'rta vaznga o'tishidan keyingi asosiy savol ham shunda: u erda Morales kabi juda yirik yigitlar bor. Agar u ular bilan jang qilsa, nima bo'ladi? Gabaritlardagi farq Yen Gerri bilan bo'lgan jangdagidan ham kattaroq bo'ladi. Machado sakkizburchakdagi o'nta g'alabasidan faqat uchtasiga muddatidan oldin erishgan. Morales esa o'z yo'lida uchragan barchani yakson qilgan. Karlos Prates — qotil. U shunchaki oldinga boradi va raqiblarini bir zarba bilan nokautga uchratadi.

Yen bunday jangchi emas. U hisob-kitobli va juda texnik zarbachi, lekin unda "yadroviy kuch" yo'q. Karlos Pratesda esa yadroviy kuch bor, Maykl Moralesda ham, ularning ikkalasi ham juda yirik yigitlar", — dedi Rogan o'z podkastining navbatdagi sonida.

SHularni inobatga olgan holda, Rogan rossiyalik sportchi uchun chempionlik himoyalari bo'yicha rekord o'rnatgan engil vazn toifasiga qaytishi oqilona bo'lishini takidladi.

"Bundan tashqari, Islam uchun bularning barchasi qanchalik qimmatga tushayotgani, bu yirik va kuchli yigitlarni parterda ushlab turish uchun qancha kuch sarflashi kerakligida katta farq bor. U Dastin Pore va CHarlz Oliveyra bilan janglarda nima qilganiga qarang. U parterga olganida, raqiblarini shunchaki ezib tashlagandi. Engil vazndagi Islam bilan yarim o'rta vazndagi Islam o'rtasidagi farq shunda. Men uning nimalarga erishmoqchi ekanligini tushunaman, lekin agar men uning burchagida bo'lganimda, balki engil vaznga qaytishimiz kerakdir, degan bo'lardim", — deya qo'shimcha qildi Rogan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing