So’nggi yangiliklar

21:06Жавоҳир Умматалиев - ЖЧ кумуш медали соҳиби! 0 20:09Асадхўжа Мўйдинхўжаев - Жаҳон чемпиони! 0 19:33Абдумалик Халоков яна бир Жаҳон чемпионатини совриндор сифатида якунлади 1 18:36Ҳасанбой Дўсматов энди икки карра Жаҳон чемпиони! 0 17:51Генри Сехудо UFC’дан кетганидан кейинги режаларини ошкор қилди 0 17:30Уайлдер: "Пол — Жошуа? Мен бундай жангларга кўргазмали тўқнашув сифатида қарайман" 0 17:09ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади? 0 16:48Умар Кремлёв бокс бўйича 2027 йилги IBA Жаҳон чемпионати қаерда ўтиши мумкинлигини айтди 0 16:27Шахматда? Пётр Ян Конор Макгрегор билан эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:06Пара сузувчилар Ўзбекистон делегациясига 26 та медаль тақдим этишди + ФОТО 0 15:45"Реал" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи 0 15:24Александре Пантожа қачон қайтади? 0 15:03WBC рейтинги янгиланди: ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:42Нурмагомедов: "Ҳақиқий чемпион даъвогарлар ҳақида ўйламайди" 0 14:21МЮ сардорига нарх қўйди 0

12 noy 16:46
Yangiliklar

Futbol

Joan Laporta: "Barselona" va "Real" o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emas"

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubning “Real” bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

"Munosabatlar yaxshi emas, chunki ular Negreyra ishida qatnashishmoqda. Ular ahamiyatsiz va ishontirmaydigan dalillar keltirishmoqda.

Ish ochilishi ularda qiziqish uyg'otdi. Bu bizga yoqmaydi va vaziyat keskin. Biz abadiy raqibmiz, lekin bunga hurmat bilan yondashamiz.

Mayamida "Vilyarreal"ga qarshi o'yin mavzusini ko'targim kelmaydi. Boshidanoq Ispaniya futbolchilari associaciyasi va boshqa klublar qarshiligiga duch keldik. O'ylaymanki, bu bellashuv La Ligani soxtalashtirmas edi”, – dedi Laporta Catalunya Ràdioga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda “Barselona” va uning rahbariyati Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) huzuridagi hakamlar texnik qo'mitasining sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 2001–2018 yillar orasida bir necha million evro to'laganlik uchun pora berish ayblovi bilan jinoiy ish doirasiga tortilishi haqida xabar berilgan edi.

Yaqinda mazkur ish bo'yicha sudda bir nechta shaxslar, jumladan Negreyraning o'g'li Xaver Enrikes hamda “Barselona”ning sobiq prezidentlari Sandro Rosel va Jozep Bartomeu ham ko'rsatma bergan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing