15 fev 08:25
Yangiliklar
Tennis

Jokovich Australian Open 1/4 finaliga yo'l oldi
Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich bosh sovrin uchun kurashda muvaffaqiyatli odimlayapti. Serbiyalik tennischi 1/8 final uchrashuvida reytingning 14-pog'onasidan joy olib turgan kanadalik Milosha Raonichni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(4), 4/6, 6/1, 6/4.
Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda 33 yoshli Novak 10 ta, 30 yashar Raonich esa 26 ta eys zarbani amalga oshirdi. O'zaro uchrashuvlarda Jokovich yaqqol peshqadam - 12:0. Endi u chorak finalda germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar