20 jan 18:57
Yangiliklar
Tennis
Jokovich Avstraliya hukumatidan 6 million dollar undirmoqchi
Dunyoning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich Avstraliya hukumatini sudga bermoqchi.
Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Davo summasi taxminan 6 million dollarni tashkil qiladi. Bu turnir mukofot puli, homiylik to'lovlaridan mahrum qilingan daromadlar, noqonuniy hibsga olish, shafqatsiz munosabatda bo'lganlik uchun manaviy zararni o'z ichiga oladi.
Sportchi qaysi sudga murojaat qilishni rejalashtirayotgani hozircha nomalum, chunki butun mamlakat bo'ylab bunday davolarga aloqador tashkilotlar ko'p emas.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar