07 sen 10:45
Yangiliklar
Tennis
Jokovich bo'lib o'tgan voqeadan so'ng nimalar dedi?
Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich hakam bilan bog'liq yuzaga kelgan diskvalifikaciyadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ushbu vaziyatdan afsusdaman. CHiziq hakami bilan bog'liq holatni surishtirdim va unda barchasi yaxshi ekanligidan xursandman. Men juda afsusdaman. Ataylab qilmadim.
Diskvalifikaciya haqida gapiradigan bo'lsak, men sportchi va inson sifatida hali ishlashim kerak.
Qilgan ishimdan jabr ko'rgan barchadan, US Open'dan kechirim so'rayman.
Meni qo'llab-quvvatlagani va birgaligi uchun jamoamdan, oila azolarimdan, doimo birga ekanliklari uchun muxlislarimdan minnatdorman. Rahmat va uzr", - deb yozib qoldirdi Jokovich.
Eslatib o'tamiz, bugun US Open doirasida o'tkazilgan uchrashuvda Jokovich o'zi istamagan holda to'p bilan hakamga zarba bergandi.
Havola :
Manba : instagram.com/djokernole
Fikrlar