30 iyu 13:07
Yangiliklar
Tennis
Jokovich chempionlik himoyasida muvaffaqiyatli davom etmoqda
Londonda "Uimbldon" turniri davom etmoqda.
Jahonning uchinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich "Uimbldon"ning ikkinchi davrasida ATR reytingida 79-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Tanasi Kokkinakisni mag'lub etdi - 6/1, 6/4, 6/2.
Uchrashuv roppa-rosa 2 soat davom etdi. Ushbu g'alaba orqali serbiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi ustunlikni mustahkamladi – 2:0.
Turnirning olti karra chempioni "Uimbldon"ning ketma-ket 23-o'yinida g'alaba qozondi. Jokovichning g'alabali seriyasi turnir tarixidagi eng uzoq beshinchi seriyadir. Pit Sampras (25 va 31), Rojer Federer (40) va Born Borg (41) undan oldinda.
Jokovich turnirining uchinchi bosqichida hamyurti Miomir Kechmanovichga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar