14 may 22:29
Yangiliklar
Tennis
Jokovich faoliyatidagi 999-g'alabasini qo'lga kiritdi
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich Rimdagi “Masters” turnirining chorak finalida Feliks Ojeni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.
Serbiyalik tennischi uchun bu uning faoliyatidagi 999-g'alabasi bo'ldi. Bugun u 1000 ta g'alabaga erishgan tarixdagi beshinchi tennischiga aylanishi mumkin. Jokovichdan oldin quyidagi tennischilar 1000 talik dovonni bosib o'tishgan:
Rafael Nadal - 1050;
Ivan Lendl - 1068;
Rojer Federer - 1251;
Jimmi Konnors - 1274.
Jokovich ketma-ket to'qqizinchi marta Rim "Masters" musobaqasining yarim finaliga chiqdi. Buning evaziga u shu hafta oxirida reytingdagi o'rnini saqlab qoladi.
Final yo'llanmasi uchun turnirning besh karra chempioni Kasper Ruudga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar