06 jan 18:20
Yangiliklar
Tennis
Jokovich ishi bo'yicha qaror dushanba kuni qabul qilinadi
Avstraliya hukumati serbiyalik tennischi Novak Jokovich ishi bo'yicha qarorni 10 yanvar, dushanba kuniga qoldirdi.
Manbaga ko'ra, qaror mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da qabul qilinadi. Jokovichning chegara xizmati qarori ustidan shikoyati bugun ko'rib chiqilishi kerak edi, ammo sud dushanba kuniga qoldirildi.
SHu tariqa, jahonning birinchi raketkasi Jokovich Avstraliyada yana bir necha kun bo'ladi. Qayd etilishicha, Novak dushanbagacha Melburn shahrida qoladi. U oxir-oqibat deportaciya qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Australian Open 17 yanvar kuni start oladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar