16 jan 11:55
Yangiliklar
Tennis
Jokovich ishi bo'yicha sudda tanaffus. Qaror bugun elon qilinishi lozim
Ayni daqiqalarda Avstraliyaning Melburn shahrida Novak Jokovichning apellyaciyasi bo'yicha Federal sud o'z ishini davom ettirmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Avstraliya hukumati tomonidan o'z vizasini bekor qilishi bo'yicha chiqargan qarori yuzasidan sudga murojaat qilgandi. Novak ushbu sudda ishtirok etmayapti va ayni paytda o'z yuristlarining ofisida bo'lib turibdi.
Hozirga kelib sudda tanaffus elon qilingan. "Biz ikki tomonni ham yaxshilab o'rganib chiqib, yakuniy qarorni elon qilamiz. Bugun yoki ertaga tongda bundan boxabar bo'lasiz. SHoshma-shosharlikka yo'l qo'ymasligimiz kerak", - deydi bosh sudya Jeyms Ollsop.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar