28 iyu 16:32
Yangiliklar
Tennis
"Jokovich - jamiyat uchun xavf!"
Germaniya sport qo'mitasi rahbari Dagmar Fraytag dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovichni keskin tanqid qildi.
"Kasallanganlar soni barchasini aytib turibdi. Bunday holatda turnirlar o'tkazish mumkin emasligini barcha tushunib etgan. Bu barcha uchun xavf tug'diradi. Novak jamiyat uchun xavfli ishga qo'l urdi. Boshqa bunday qilish mumkin emas", - dedi Fraytag.
Eslatib o'tamiz, Jokovich tomonidan Xorvatiyaning Zadar shahrida o'tkazilgan turnir doirasida uch nafar tennischi, bir murabbiy va 5 yoshli bolakayda koronavirus aniqlangan edi. Novakning o'zi ham koronavirus yuqtirib olgandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar