22 iyu 18:41
Yangiliklar
Jokovich Leyver Kubogida o'ynaydi. "Katta to'rtlik" bir jamoada jam bo'ladi
Jokovich Evropa jamoasining to'rtinchi azosiga aylandi. Unda Rojer Federer, Rafael Nadal va Endi Marrey ham o'ynaydi. SHu tariqa, “Katta to'rtlik” vakillari bir jamoa tarkibida ilk bor turnirda ishtirok etishadi.
"Bu siz odatda raqib bo'ladigan yigitlar bilan bir jamoada o'ynashingiz mumkin bo'lgan yagona musobaqa. Mening barcha davrlardagi eng kuchli uchta raqibim: Rafa, Rojer va Endi bilan bir jamoada bo'lish - bu bizning sportimiz tarixida chindan ham noyob lahza bo'ladi", - dedi Jokovich.
"Bu to'rtta sport ikonkasi qachonlardir bir jamoada o'ynashini tasavvur qila olmasdim. Bilaman, ular ham men kabi bu lahzani qadrlashadi va chin dildan xursand bo'lishadi. Bizning har yilgi maqsadimiz g'alaba qozonish. Menimcha, Rafa, Rojer, Endi va Novak bilan jamoada yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lamiz”, - dedi Evropa jamoasi sardori Born Borg.
Fikrlar