07 dek 11:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/6460_220.jpg)
Jokovich murabbiyi bilan hamkorlikni to'xtatdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich murabbiyi Boris Bekker bilan hamkorlikni to'xtatganligini malum qildi.
“Uch yillik hamkorlikdan so'ng biz o'zaro kelishgan holda kelishuvni bekor qildik. Biz ana shu yillar mobaynida o'z oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajardik. Bunda murabbiyning xizmatlari ham katta bo'ldi. Tez kunda o'z rejalarimni oshkor qilaman”, - dedi serbiyalik tennischi.
Eslatib o'tamiz, “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 6 karra g'olibi bo'lgan Boris Bekker 2013 yilning so'nggida Jokovichning murabbiyiga aylangandi.
Havola :
Fikrlar