30 may 11:56
Yangiliklar
Tennis
Jokovich o'z yurtidagi turnir sovrinini begona qilmadi
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tennis bo'yicha ATP turniri yakuniga etdi.
Bosh sovrin kutilganidek sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovichga nasib etdi. Serbiyalik tennischi bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda reytingning 255-pog'onasidan joy olgan slovakiyalik Aleks Molchanni 6/4, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda 34 yoshli Jokovich 2 ta, 23 yashar Molchan esa 1 ta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Belgrade Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Novakka 250 reyting ochkosi hamda 78,795 evro mukofot puli taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar