02 avg 00:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Guskov o'rniga zaxiraga chiqqan jangchi Blaxovichni birinchi raunddayoq "tinchitdi"!
Belgradda davom etayotgan UFC Fight Night 283 turnirining ikkinchi asosiy bahsi o'z nihoyasiga etdi.
Yarim og'ir vazn toifasidagi bellashuvda polshalik sobiq chempion, to'rtinchi pog'onadagi Yan Blaxovich Yangi Zelandiya vakili Navaxo Stirlingga qarshi oktagonga chiqdi.
Jangda 28 yoshli Stirling Blaxovichni birinchi raundda texnik nokaut bilan taslim etdi. U so'nggi uchta jangini nokaut bilan yakunlab kelmoqda.
Blaxovich esa oxirgi g'alabasini 2022 yil may oyida qo'lga kiritgandi. Yan bilan bugun aslida hamyurtimiz Bogdan Guskov jang qilishi kerak edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar