02 avg 00:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Serbiyadagi UFC turnirining markaziy jangi yarim daqiqada nihoyasiga etdi!
Belgrad shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night 283 turniri o'tkazildi.
Musobaqaning asosiy bellashuvi serbiyalik tajribali aralash yakka kurash ustasi Urosh Medich hamda amerikalik Daniel Rodriges o'rtasida o'tkazildi.
Bellashuv birinchi raunddayoq Medichning g'alabasi bilan yakunlandi. Urosh raqibini nokautga uchratdi.
Bu Medichning birinchi raundda nokaut orqali qo'lga kiritgan ketma-ket to'rtinchi g'alabasi bo'ldi. Rodrigesning esa uchtalik g'alabali seriyasi nihoyasiga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar