22 iyu 09:08
Yangiliklar
Tennis

Jokovich - Rublyov ishtirokidagi Adria Tour finali 20 daqiqa qolganda bekor qilindi
Xorvatiyaning Zadar shahrida o'tkazilgan Adria Tour ko'rgazmali turniri finali bekor qilindi.
Xabar berganimizdek, ushbu tennis turnirida ishtirok etgan bolgariyalik Grigor Dimitrovda koronavirus aniqlangan edi. Hal qiluvchi final uchrashuvida turnir tashkilotchisi Novak Jokovich xamda rossiyalik Andrey Rublyov to'qnash kelishi kerak edi.
Final uchrashuvi boshlanishiga 20 daqiqa qolgan bir paytda uni bekor qilishdi. Koronavirus aniqlangan Dimitrov Rublyov, Jokovich hamda Zverev bilan bemalol qo'l berib, quchoqlashib ko'rishgan, suratga ham tushgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar