10 jan 10:50
Yangiliklar
Tennis
Jokovich sudda yutgan taqdirda ham uning vizasi yaroqsiz deb topilishi aytildi
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovichning Avstraliyada yuzaga kelgan mojarosi davom etadi.
Xabarlarga qaraganda, uning shikoyati sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda ham ish ijobiy yakun topmaydi. Avstraliya tashqi ishlar vazirligi Novakning vizasini yaroqsiz deb topadi.
Agar vaziyat rostan ham shunday tus olsa, u holda Jokovichni takroran hibsga olishadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. Ayni paytda serbiyalik tennischi Melburndagi qochqinlar uchun mo'ljallangan mehmonxonada karantin muddatini o'tayapti.
Novak Jokovich ishi bo'yicha yakuniy qaror bugun, 10 yanvar kuni elon qilinadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar