27 apr 09:18
Yangiliklar

Jokovich "Uimbldon"da ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchilar vakcina bo'yicha bayonot berishdi
Uimbldon turnirga tayyorgarlikka bag'ishlangan rasmiy matbuot anjumani o'tkazdi.
Unda tashkilotchilar turnirda ishtirok etish uchun tennischilarni koronavirusga qarshi emlash shart emasligini va turnirda hech qanday cheklovlar bo'lmasligini tasdiqladi.
SHu tariqa, kovidga qarshi emlanmagan amaldagi chempion Novak Jokovich Londondagi musobaqada qatnasha oladi.
Turnir 27 iyundan 10 iyulga qadar davom etadi.
Eslatib o'tamiz, aynan emlanmaganligi uchun Jokovich Avstraliya ochiq chempionatida ishtirok eta olmagandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar