01 iyu 10:15
Yangiliklar
Tennis

Jokovich va Monfis bosh mukofot masalasini hal qiladi
Angliyaning Istburn shahrida tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan nufuzli turnir yakuniga etib boryapti.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lgan serbiyalik Novak Jokovich Aegon International turnirining yarim finalida rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich dunyoning 52-raketkasini 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Novakning final uchrashuvidagi raqibi franciyalik Gael Monfis bo'ladi. ATP reytingida 16-o'rinni egallab turgan Gael 2 soatu 31 daqiqa davom etgan yarim finalda hamyurti Rishar Gaskedan 6:2, 6:7(7), 7:6(4) hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar