So’nggi yangiliklar

18:31UFC Шанхай турнирининг асосий жанги айтилди 0 18:00Жон Жонс Чимаевга фаолиятидаги илк мағлубиятдан кейин маслаҳат берди 0 16:58WBA Мурат Гассиевга тўлақонли жаҳон чемпиони мақомини берди 0 16:23Ўрозовга Италиянинг қайси клублари қизиқиш билдираётгани маълум 0 15:54"У жанг қилиши шарт эмас. Конорда барчаси бор". Жонс Макгрегорнинг қайтиши ҳақида гапирди 0 15:09Улуғбек Рашитов: "Келаси йилги Жаҳон чемпионатида шоҳсупага кўтарилиш учун бор кучимни бераман" 0 14:25Саиджамшид Жафаров Баку мезбонлик қиладиган IBA Чемпионлар оқшомида рингга чиқади 0 13:50"Андижон" футболчиси фаолиятини Португалияда давом эттиради 0 13:06Боксчиларимиз икки ёш тоифасидаги Осиё чемпионатларида иштирок этади 0 12:39Фазлиддин Ғоибназаров: "Ҳақиқий дада бўляпман" 0 12:00Рамзан Қодиров Нурсултон Рўзибоевни автомобил билан тақдирлади 0 11:26Майкл Олисе "Реал"га ўтмоқчи, бунинг сабаби маълум — манба 0 10:58Шерзод Абдуллаев – армрестлинг спорти ривожи йўлидаги фидойи мураббий! 0 10:29Ёш "классик" курашчиларимиз Осиё чемпионатини 3 та медаль билан бошлашди 0 09:48SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 старт олди. Абдусатторов илк кунги 3 та партияда қандай натижа қайд этди? 0

02 iyu 18:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Jon Jons CHimaevga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatdan keyin maslahat berdi

UFC sobiq chempioni Jon Jons o'rta vazndagi sobiq chempion Xamzat CHimaevga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatdan keyin nimalar ustida ishlashi kerakligi haqida fikr bildirdi.

"Agar men Xamzat CHimaevning o'rnida bo'lganimda, avvalo o'zimning zaif tomonlarim ustida ishlardim. Men har bir jangga aynan shunday tayyorgarlik ko'raman. Janglarni qayta ko'rib chiqaman va o'zimga savol beraman: “Bu inson meni qanday mag'lub qilishi mumkin? Uning kuchli tomonlari nimada? Atrofdagilar mening qaysi jihatimni zaif deb hisoblashadi?”

SHundan keyin etiborimni aynan shu nuqtalarga qaratardim.

Menimcha, u chidamlilik bo'yicha mashg'ulotlarga yondashuvini o'zgartirishi mumkin. Yangi usullarni sinab ko'rish kerak. SHuningdek, pastki poziciyada ko'proq ishlab, u erda o'zini maksimal darajada qulay his qilishni o'rganishi lozim.

Eng muhimi esa — psixologiya. Men mag'lubiyat jangchining fikrlash tarzini o'zgartirishini yaxshi tasavvur qila olaman. O'ziga bo'lgan ishonch ham, o'zini qabul qilishi ham o'zgaradi.

SHu sababli birinchi navbatda ruhiy holat ustida ishlash kerak. Mag'lubiyatlar bo'lib turadi. Ko'p hollarda inson aynan mag'lubiyatdan keyin o'zining eng yaxshi talqiniga aylanadi. Uning holatida ham shunday bo'lishini istayman.

U bu mag'lubiyatdan barcha ijobiy xulosalarni chiqarsin, saboq olsin va yanada kuchliroq bo'lib qaytsin", — dedi Jons Red Corner MMA’ga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing