30 may 15:33
Yangiliklar

Jons Dana Uaytga UFCdan ketishi bilan tahdid qildi
Jons vazn toifasida qatiy nazar dunyoning eng kuchli jangchilari reytingi peshqadami hisoblanadi. Jon Uaytning yolg'onchilikda aybladi. Dana Jonsning Ngannuga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangi uchun 30 million dollar so'rayotganini aytgan edi.
"Agar sen yolg'on gapirishda va odamlarni shunga ishontirishda davom etsang, men ham qarab turmayman hamda o'zimni himoya qilaman. Jin ursin seni, yolg'onchi bo'lma. Men hech qachon sen aytgan gonorarni hatto yarmini ham so'ramaganman. Agar maqsading shu bo'lsa, men bilan shartnomani bekor qilishing mumkin. Ishonchim komil, boshqa istalgan promouter uzog'i ikki kun ichida men bilan shartnoma imzolaydi", — deya "Tvitter"da xabar qoldirgan Jons.
Fikrlar