30 may 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jons ikki vazn chempionligi jangi uchun $ 30 mln so'ragan
UFC prezidenti Dena Uayt yarim og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jons hamda og'ir vazn chempioni Frensis Ngannu o'rtasidagi ehtimolliy jang haqida fikr bildirdi.
Promoushen rahbariyati jangning o'tkazilmay qolishiga Jons talab qilayotgan katta gonorar sabab bo'lishini takidlamoqda. Jonsning o'zi bu xabarni tasdiqlamagan bo'lsa-da, Uayt asosiy sabab shu ekanligiga barchani ishontirmoqchi.
"Jons Ngannu bilan ikki vazn chempionligi uchun jangga bokschi Deontey Uaylderning chempionlik jangidagi gonorarni so'ragan", — dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi takroriy jangi uchun 30 million dollar gonorar olgan edi.
Havola :
Fikrlar